O‘smirlik davri inson shaxsiyatining eng murakkab va o‘ziga xos davri bo‘lib, bu bosqichda axloqiy o‘zini o‘zi anglash jarayoni shakllanadi. Ushbu maqolada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishiga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar, jumladan, kognitiv-rivojlanish nazariyasi, sotsial domen nazariyasi va psixoanalitik yondashuvlar batafsil tahlil qilinadi. Maqola davomida axloqiy qarorlar qabul qilish, emotsional rivojlanish, ijtimoiy ta’sirlar va shaxsiy tajribalarning o‘smirlar axloqiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, axloqiy o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishi ko‘plab kognitiv, ijtimoiy va madaniy omillarga bog‘liq. Ushbu maqola orqali o‘smirlarning axloqiy rivojlanishini chuqurroq o‘rganish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar beriladi.