Samarqand tibbiyot institutining umumiy xirurgiya klinikasiga keyingi 10
yilda jigar exinokokkozi kasalligi bilan yotqizilgan 338 nafar bemorni tekshirish va davolash
natijalarini tahlil qildik. Bemorlarning yoshi 5 dan 81 yoshgacha bo‘ldi. Bemorlarni yoshiga qarab
guruhlarga taqsimlash shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning 90,89% mehnatga layoqatli yoshdagi
odamlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgi vaqtda jigarning ko‘p sonli exinokokkozi, kasallikning
residivi yoki oldin o‘tkazilgan laparotomiyalar, kasallikning asoratli kechishi, jigarning borishi
qiyin bo‘lgan segmentlarida kistalarning joylashishi keng yuqori o‘rta chiziqli laparotomiya usuli
bilan exinokokkektomiya qilishga ko‘rsatma bo‘ladi.