“Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlar maqolatlardagi tassavvufiy g’oyalarni tas’diqlaydi, misol tariqasida isbotlashga xizmat qiladi, ammo shunga qaramay tas’diqlovchi g’oyaviy yakun keltiriladi. Ushbu hikoyatlar qisqa-qisqa shaklda bo’lib, asosiy voqeani bayon etishga e’tibor qilingan. Biroq shu qisqa syujet ichida ham shoir qahramonning xatti-harakati, asosiy xislat va karomati, hozirjavobligini ko’rsata olgan. Navoiy har bir maqolatga ma’lum bir masala qo‘yib, hal qilish yo‘llarini tezis shaklida ko‘rsatib, bir-biridan go‘zal tasavvufiy, tarixiy so‘fiylar siymosini yaratgan.