Ushbu ilmiy maqolada Oʻzbekistonda yangi saylov tizimi yoshlar nigohida tahlil qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi saylov tizimining yangilanishi, yoshlar uchun saylov jarayonlaridagi ishtirok etish imkoniyatlari va ularning siyosiy faolligini oshirish maqsadida qilingan choralar ko‘rib chiqiladi. Yozma ishda yoshlarning saylovlarga munosabati, ularning saylov huquqlaridan foydalanishdagi faoliyati va saylov jarayonlaridagi rolini o‘rganish orqali zamonaviy siyosiy madaniyatning shakllanishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqola, yoshlarning saylov jarayonida ishtirokini rag'batlantirish va ularni o‘z fikrlarini ifoda etish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.