Ushbu maqolada aralash saylov tizimining siyosiy partiyalar faolligiga ta'siri o‘rganiladi. Aralash saylov tizimi, bir vaqtning o‘zida bir necha saylov usullarini qo‘llagan holda, partiyalarning raqobatlashuvchanligini oshiradi va demokratik jarayonlarga yangi turtki beradi. Maqola, aralash saylov tizimining qanday qilib siyosiy partiyalarni faol ishtirok etishga undashini va ularning siyosiy platformalarini shakllantirishdagi rolini yoritadi. Shu bilan birga, aralash saylov tizimining ijtimoiy va iqtisodiy kontekstda qanday samaralar berishini ham ko‘rib chiqadi..