Yurtboshimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bugungi kunda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirda jamiyatimizda voyaga yetmagan yoshlarning haq-huquqlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini, jismoniy hamda ruhiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad voyaga yetmagan yoshlar xulq-atvorini yaxshilash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hisoblanadi. Mazkur maqolada voyaga yetmagan yoshlar profilaktik ishlar samaradorligini oshirish xususida ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan.