Ushbu maqolada parallel va qiyosiy korpuslarning tarjimashunoslik va yozma tarjimani o‘qitish jarayonidagi roli va amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi. Parallel korpuslar tarjima aniqligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlanadi. Parallel korpuslar yordamida turli tizimli matnlardagi madaniy va kontekstual tafovutlarni aniqlash, tabiiy til xususiyatlarini lingvistik tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, korpusga asoslangan elektron lug‘at orqali talabalar uchun yozma tarjimani o‘qitish jarayonida amalga oshirilgan kuzatishlar tahlilga tortilgan.