O‘rganish tahlillarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, nogironligi bo‘lgan sportchilarni saralash uchun zarur bo‘lgan bilim chegaralari kengaytirilmaganligini ko‘rishimiz mumkin.
Nogironligi bo‘lgan sportchilarni mashg‘ulot jarayoni uchun zarur bo‘lgan va tanlangan mashqlar, sportchining egilish va burilish burchaklarini holat darajalarini bilish va o‘rganish uchun maxsus kerakli uskunalar yordamida o‘rganish va tahlil qilish uchun zamonaviy innovatsion qurilmalarga bo‘lgan ehtiyoj talablarini ortishini inobatga olish va adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ishning dolzarbligini oshiradi.