Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati turli xil yallig'lanish kasalliklaridan ta'sirlanib, klinik va gistologik xususiyatlari bilan bir-biriga mos kelishi tufayli ularni farqlash xususan differensial diagnostika jarayoni qiyin bo'lishi mumkin. Klinik korrelyatsiya diagnostika uchun muhim ahamiyatga ega. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yallig'lanish kasalliklari tashqi va ichki sabablar tufayli yuzaga keladigan patologik jarayondir. Bu mexanik shikastlanishlar, kimyoviy moddalar, noto'g'ri qo’llaniluvchi og'iz gigienasi yoki og'iz bo'shlig'idagi virusli, bakteriyali yoki zamburug’li infektsiyalar sababchi bo'lishi mumkin. Og'izda yallig'lanish yoki shikastlanish paydo bo'lganda, bemorda og'riq, noqulaylik, ovqatlanish va gapirishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Shifokor bilan o'z vaqtida maslahatlashish va og'iz bo'shlig'i shilliq qavati uchun to'g'ri tanlangan davolanish, jiddiy asoratlarni oldini olishga va qutulishga imkonini beradi. Maqolada esa og’iz bo’shlig’i shilliq qavati infeksiyalari orqali yuzagahiquvchi gingivit haqida so’z yuritiladi.