Ushbu maqolada tilshunoslikda nutqiy akt nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi, uning muloqot jarayonidagi o‘rni hamda asosiy tadqiqotchilarning yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada J. Ostin va J. Syorl tomonidan ilgari surilgan konsepsiyalar, shuningdek, tilshunoslik va pragmalingvistika doirasidagi turli nazariyalar ko‘rib chiqiladi. Nutqiy aktlarning muloqot muhitidagi o‘rni va tarkibiy qismlarining ahamiyati muhokama qilinadi.