Yadro tibbiyotining radionuklidli tashxis usullari tibbiyotning turli sohalarida, xususan, onkologiya, kardiologiya, nevrologiya va endokrinologiyada keng tarqalgan. Ushbu maqolada radionuklidli tashxisning qo'llanilishi, uning tashxistdagi ahamiyati va boshqa tibbiy sohalardagi o'rni muhokama qilingan. Maqolada radionuklidli tashxis usullari orqali aniqlash va diagnostika qilishdagi texnikalar, metodologiyalar va zamonaviy taraqqiyotlar hamda ularning xavfsizligi va samaradorligiga oid ma'lumotlar olib boriladi. Radionuklidlar ishlatiladigan texnologiyalar natijasida tezkor va aniq tashxis qo'yish mumkin, bu esa davolash usullarini samarali tanlashda yordam beradi.