Vatanparvarlik — buyuk tuygʻu. Vatan jonsiz, ruhsiz buyum emas. Vatanparvarlik oʻrniga vatansizlikni targʻib etish, “globallashuv degani sening dunyo fuqarosiga aylanishing”, deb talqin qilish, milliy tarixni eskilik sarqiti sifatida tan olish kabi oʻta mantiqsiz gʻoyalar koʻpayib bormoqda. Ushbu maqolada global zamon vatanparvarlik tarbiyasida innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari yoritib berilgan.