Bugungi kunda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga motivatsion yondashuvlar va munosabatlar tizimini yaratishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ortib bormoqda. Bu esa ularni o‘qitish, kadr sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu ma’noda bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamon talabalari asosida o‘qitish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.