Yosh futbolchilar jismoniy tayyorgarligining tabaqalashtirilgan metodika samaradorligini aniqlash uchun jami tayyorgarlik davrini qamrab olgan pedagogik tajriba tashkil etildi va o‘tkazildi. Olib borilgan pedagogik tajriba doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonining asosiy vazifasi yosh futbolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratildi.