Yadro kimyosi – atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va o‘zgarishlarini o‘rganadigan fan sohasi bo‘lib, bugungi kunda uning tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, diagnostika, terapiya va davolash usullarini rivojlantirishda yadro kimyosining o‘rni beqiyosdir. Ushbu maqolada yadro kimyosining tibbiyotdagi asosiy qo‘llanilish yo‘nalishlari, jumladan, nuklear tibbiyot, radiologik diagnostika, radioterapiya va radiofarmatsevtika haqida batafsil ma’lumot beriladi.