Ushbu maqolada zamonaviy sun’iy intellekt modellari-ChatGPT, Gemini va DeepSeekning fizikadan masalalarni yechishdagi samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlariga mos 130 ta fizik masala (100 ta mexanika, 30 ta molekulyar fizika) tanlab olinib, har bir modelga yechdirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ChatGPT va DeepSeek modellarining muvaffaqiyat darajasi mexanika bo‘limida 92% ni tashkil qilgan bo‘lsa, Gemini modelining na-tijasi 85% bo‘lgan. Molekulyar fizika bo‘limida esa DeepSeek nisbatan yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Maqolada modellar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilinib, ularning sabablari yoritildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan fizika ta’limida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab, pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.