Mazkur ilmiy ishda, jismoniy tarbiya darslarida harakatli oʻyinlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi ta'lim tizimidagi islohotlar kontekstida amalga oshirilgan. Ishda, harakatli oʻyinlarning jismoniy tarbiya jarayonida oʻquvchilarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga qanday ta'sir koʻrsatishi, o‘quvchilarning faolligini va motivatsiyasini oshirishdagi roli, hamda bunday o‘yinlarning pedagogik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ta'lim tizimida innovatsion metodlarning qo‘llanilishi, jismoniy tarbiya samaradorligini oshirishga yordam beradi.