Ushbu maqolada boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarning turli nozologik holatlarida ularni oʻqitish va tuzatishga qaratilgan moslashuvchan jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, individual yondashuv asosida tuzilgan jismoniy mashqlar dasturi bolalarning umumiy jismoniy, psixoemotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mazkur uslubiy yondashuv bolalarni sogʻlomlashtirish va ularni umumtaʼlim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga xizmat qiladi.