Mazkur ishda umumta’lim maktablarida dars jarayonida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirishning mazmun-mohiyati, maqsadi hamda metodik yondashuvlari yoritilgan. Ekologik muammolarning dolzarbligi, ekologik tarbiyaning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni, o‘qituvchi va maktabning bu boradagi roli keng tahlil qilingan. Shuningdek, biologiya, geografiya, adabiyot, kimyo kabi fanlar misolida ekologik ongni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ishda o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabat, ekologik mas’uliyat hissini tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham ilgari surilgan.