Jahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston sport tizimidagi holat asosida doping muammosining salbiy oqibatlari va unga qarshi chora-tadbirlar o‘rganilgan. Tadqiqot davomida sportchilar, xususan, jangovar san’at vakillari – taekvondochilar pozitsiyasidan yondashilgan bo‘lib, dopinga bo‘lgan munosabat, axloqiy mezonlar va bilim darajasi tahlil qilingan. Maqolada dopinga oid sog‘liq, axloq va qonunchilik nuqtai nazaridan baholovlar keltirilgan hamda so‘rovnoma natijalari, statistik tahlillar asosida xulosa va takliflar ilgari surilgan. Doping vositalarining sportchiga ko‘rsatadigan ta’siri, milliy antidoping siyosatining amaldagi holati hamda yosh avlodni bu xatardan asrash masalasi asosiy muhokama markaziga aylangan. Shuningdek, sport tizimida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ham bayon etilgan.