Mazkur maqolada tarbiya fanining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tarbiya — shaxsning ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy va intellektual jihatdan yetuk bo‘lib shakllanishida muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada tarbiya mazmuni, metodlari, shakllari hamda uning ijtimoiy hayotdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchi va tarbiyachining tarbiya jarayonidagi faoliyati, ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.