Mazkur maqolada sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli gazlar — SO₂, NOₓ, P2O5 va CO ning inson salomatligi va atrof-muhitga ta’siri, shuningdek, ularni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan dudburon qurilmasi haqida fikr yuritiladi. Qurilmada Ca(OH)₂ (kaltsiy gidroksid) asosida neytrallash reaksiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, laboratoriya sharoitida yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Ixtiro sanoatda foydalanish uchun mos, iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali yechim sifatida taklif etiladi.