Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonining tadbirkorlik va kichik biznesga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi biznes yuritish uslublarini tubdan o‘zgartirib, yangi imkoniyatlar va bir vaqtning o‘zida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada global omillar – jumladan, globallashuv, P2P iqtisodiyoti, innovatsion jarayonlar, kommunikatsion vositalarning raqamlashtirilishi va ijtimoiy-demografik o‘zgarishlarning kichik biznesga ko‘rsatayotgan ta’siri o‘rganiladi.