Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bor sportchilarga yunon-rum kurashining texnik-taktik elementlarini o‘rgatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot maqsadi – surd sportchilarni samarali tayyorlashning optimal usullarini aniqlashdan iborat. Tajriba davomida maxsus “SurdWrestling” dasturi, imo-ishora orqali boshqaruv, trening bosqichlariga texnik yondashuvlar joriy qilindi. Tajriba guruhi sportchilarida texnik-taktik ko‘rsatkichlar 30% gacha oshdi, yutqazilgan ochkolar 14% ga kamaydi. Surdlimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar misolida samaradorlik tasdiqlandi. Maqola yakunida Surdlimpiya uchun tayyorgarlikni takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan.