Mazkur maqola so'nggi paytlarda terminlar bo'yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Jumladan, ingliz va o`zbek tillarida terminlarining lug`aviy tadqiqi, atamalarining lingvokulturologik xususiyatlari, terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari, ingliz va o`zbek tillarida terminlarining ishlatish metodikasi kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqotchilarnig fikricha tilshunoslikda terminlarni qiyosiy jihatdan bilish va ularni tahlil qilib amaliyotda foydalanish har bir bo`lajak tilshunos uchun juda muhim va bu talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishda samaralilikni ta’minlaydi.