Maqolada intensiv bog'da ochilib qolgan daraxt ildizlarini ko'madigan ish organi tuproq surgich tekislagich uzunligi uning ish ko‘rsatkichlariga ta’siri tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda sferik disk tomonidan hosil qilingan tuproq uyumini daraxtning ochilib qolgan ildizlari ustiga surish va qisman zichlash uchun tuproq surgich tekislagichni uzunligi 55-60 cm oralig’ida bo’lishi aniqlangan. Sinovlar 4x1.2 sxemada ekilgan tomchilatib sug’oriladigan intensiv bog’da o’tkazilgan.