Mazkur maqolada O'zbekiston kulolchilik san'atining xalqaro san'at festivallari va ko'rgazmalardagi o'rni, ularning madaniy almashinuvi va yutuqlari tahlil qilinadi. Xalqaro ko'rgazma va festivallarda qatnashgan O'zbek kulollarining tajribasi, ularning xalqaro miqyosda erishgan natijalari va bu tadbirlarda O'zbekistonning kulolchilik san'ati orqali milliy madaniyatini targ'ib qilishdagi ahamiyati o'rganiladi. Shuningdek, ushbu sohada madaniy almashinuvi natijalari ham ko'rib chiqiladi. Tahlil asosida O'zbek kulollarining xalqaro san'at sahnasidagi muvaffaqiyatlari va tajribalari madaniy va iqtisodiy salohiyatini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi.