Maqola XX asr Britaniya tilshunosligi rivojlanishining ba’zi xususiyatlarini yoritadi va fanning oldingi tarmoqlari bilan aloqasi haqida ma’lumot beradi. XX Buyuk Britaniya tilshunosligining asosiy konsepsiyasi London maktabi bo‘lgan va keyingi g‘oyalar mazkur maktab asosida shakllangan.
Sistem-funksional lingvistika tilga nutq yoki yozuv kontekstida qaraydi, ularning ma’nosiga ko‘ra til shakllarini izohlaydi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda mazkur tushuncha “sistem-funksional lingvistika”, “sistem linvstika”, “sistem-funksional grammatika”, “sistem grammatika” singari ataladi.
Sistem-funksional lingvistikaning asoschisi – Maykl Hallidey bo‘lib, nazariyaning asosiy komponentlari paradigmatik o‘lchov hamda shaklga emas, ma’noga e’tibor qaratishdir. Shuningdek, lingvistik sistema asoslanadigan metafunksiyalar ham ajratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: shaxslararo metafunksiya, tajribaviy metafunksiya, matniy metafunksiya.