Yosh futbolchilarni yuqori sport natijalariga erishishida ularning jismoniy tayyorgarligi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ilmiy va amaliy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, mashg’ulotlarning yillik rejalashtirilishi va ularning mazmuniy yo’naltirilishi futbolchilarning yoshi, jismoniy rivojlanishi va funktsional tayyorgarligiga to’liq mos kelishi lozim.